Erasmus+ ICM KA171 loyihasi doirasida Italiyaning Parma universitetida 1 semestr davomida tahsil olish uchun magistratura bosqichi menejment yoʻnalishi talabalari oʻrtasida tanlov boʻlib oʻtdi.

Tanlov jarayonida nomzodlar ingliz tili darajasi hamda mutaxassislik fanlari boʻyicha oʻtkazilgan suhbat asosida baholandi. Natijada 2 nafar iqtidorli talaba muvaffaqiyatli saralab olindi. Ushbu talabalar 2026-yil sentabr oyidan boshlab 1 semestr davomida grant asosida Italiyada oʻqishlarini davom ettiradilar.

Tanlov universitetimiz xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Ibrat Ismoilov boshchiligida shaffof va adolatli tarzda oʻtkazildi.

Tanlov gʻolibi boʻlgan talabalarni samimiy muborakbod etamiz!