YANGI ILM MASKANI

YANGI ILM MASKANI

YANGI ILM MASKANI

Universitetdagi 6-sonli talabalar turar joyida axborot-resurs markazining filiali ochildi.

Tadbirda universitet rahbariyati, axborot-resurs markazi xodimlari va talabalar ishtirok etdilar.

Tabiiyki, kutubxonada kitoblarning oʻzgacha olami va uni his eta bilish qobiliyati, mutolaa zavqi va afzallik jihatlari haqida soʻz yuritiladi. Bahs-munozaralar boʻladi.

Bugungi muloqot ham ana shunday ruhda oʻtdi. Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romanidan tortib, Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari”gacha boʻlgan koʻplab asarlar mohiyati muhokama qilindi. Yoshlarni mushohadaga chorlovchi fikr-mulohazalar bildirildi.