Tyutorlar faoliyati: YANGI O‘QUV YILIDA YANGI VAZIFALAR

Tyutorlar faoliyati: YANGI O‘QUV YILIDA YANGI VAZIFALAR

Tyutorlar faoliyati: YANGI O‘QUV YILIDA YANGI VAZIFALAR

    Bugun universitet tyutorlarining navbatdagi seminari oʻtkazildi.

    Image

    Seminarda 2026/2027-oʻquv yilida tyutorlar faoliyati samaradorligini oshirish, talabalar bilan ishlashning zamonaviy usullarini joriy etish va yoshlarning taʼlim-tarbiyasiga masʼuliyatni yanada kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

    Image

    Universitet rektori Sherzod Neʼmatov yangi oʻquv yilida tyutorlar oldida turgan muhim vazifalar haqida soʻz yuritdi. Talabalar bilan individual ishlashni kuchaytirish, ularning taʼlim va tarbiyasi, ijtimoiy faolligini qoʻllab-quvvatlash, muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va yechim topish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

    Image

    Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Abror Murtazayev, “Registrator ofisi” boshlig‘i Dilshod Roʻzmanov, rektor maslahatchisi Gavhar Eshonqulova, iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi Muxlisa Malikova hamda yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Umirbek Toshniyozov tomonidan tyutorlar faoliyatini samarali tashkil etish, tahlil etib borish, boʻlimlar bilan hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari xususida taklif va tavsiyalar bildirildi.

    Image