TO‘P, SAVAT VA G‘ALABA

TO‘P, SAVAT VA G‘ALABA

TO‘P, SAVAT VA G‘ALABA

    Yangi sport musobaqasi – “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi”ning navbatdagi turniri boʻlib oʻtdi.

    Image

    Musobaqa davomida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining oliy va professional taʼlim muassasalari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Muqim Arziqulov va QarDTU birinchi prorektori Abror Murtazayev oʻyinlarni bevosita kuzatdilar. Sport tadbirlarini izchil va samarali tashkil etish, iqtidorlilarni saralab olish, nufuzli musobaqalarga tayyorlash yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

    Image

    Maʼlumki, “basketbol” atamasi, aslida, ikki jumla – savat va toʻp soʻzlarining birikishidan hosil boʻlgan. Maqsad – toʻpni savatga tushirish. Bugun talabalarimiz bu boradagi mahoratlarini amalda namoyish etdilar.

    Image

    Yoshlarimiz mohir basketbolchi boʻlmasalar-da, parketda ajoyib oʻyin koʻrsatdilar. Yigitlar va qizlar oʻrtasidagi bahslar shuning uchun ham qiziqarli va shiddatli boʻldi.

    Image

    Yigitlar oʻrtasidagi turnirda bosh sovrin – rektor kubogiga Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti basketbolchilari sazovor boʻldilar. Keyingi sovrinli oʻrinlar Neft-gaz va geologiya hamda Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakultetlari jamoalariga nasib qildi.

    Image

    Qizlar bellashuvida esa Transport va qurilish muhandisligi fakulteti talabalari kubokni boshlari uzra baland koʻtardilar. Keyingi oʻrinlarni esa Irrigatsiya muhandisligi hamda Neft-gaz va geologiya fakultetlari egalladilar.

    Image

    Barcha gʻolib va sovrindorlarni ushbu muvaffaqiyatlari bilan samimiy muborakbod etamiz!