Ushbu haftada oʻtiladigan navbatdagi “Kelajak soati” mashgʻuloti “Oʻzbekiston bayrogʻi” deb nomlandi. Maʼlumki, bu yil davlatimiz bayrogʻi qabul qilinganiga 33 yil toʻldi.

Transport va qurilish muhandisligi fakulteti talabalari ishtirokida oʻtkazilgan bugungi darsda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Rajabov bayroqlar tarixi, Oʻzbekiston bayrogʻining davlat ramzi sifatidagi ahamiyati haqida soʻz yuritdi.

Darsning asosiy maqsadi yoshlarda mamlakatimiz bayrogʻini ardoqlash va qadrlash koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat.

Mashgʻulot davomida davlatimiz bayrogʻi haqida videoroliklar namoyish etildi. Talabalar bilan mavzu yuzasidan savol-javoblar oʻtkazildi.

Dars mashgʻulotida dekan oʻrinbosari Ulugʻbek Tolipov ham mavzu yuzasidan oʻz mulohazalarini bildirdi.