OQ YOʻL SIZGA, AZIZ BITIRUVCHILAR!

OQ YOʻL SIZGA, AZIZ BITIRUVCHILAR!

OQ YOʻL SIZGA, AZIZ BITIRUVCHILAR!

    Bu soʻzlar yutuq va umidlarga toʻla kechaning ezgu tilagiga aylandi.

    Qarshi davlat texnika universitetining 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish tadbiri viloyat musiqali drama teatri sahnasida oʻzgacha ruh va kayfiyatda oʻtdi.

    Tadbirni universitet rektori Sherzod Neʼmatov samimiy va ruhlantiruvchi soʻzlar bilan ochib berdi. U yoshlarga ulkan omadlar tiladi.

    Soʻngra Muqumiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali drama teatri direktori Azim Mullaxonov ham bitiruvchilarni chin qalbdan tabrikladi.

    Tadbirning eng quvonchli pallasi – diplom va esdalik sovgʻalari topshirilishi boʻldi. Shu onlarda har bir talabaning koʻzlarida faxr va minnatdorlik yorqin aks etdi.

    Poytaxtdan kelgan sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan qoʻshiqlar shoʻx raqslar va shodiyonalarga ulanib ketdi. Barchaga bayramona kayfiyat ulashildi.