Bugun Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakultetida rektor Sherzod Neʼmatov ishtirokida yuzma-yuz muloqot boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 21-oktyabrda sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish masalalari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Tadbirda fakultet professor-oʻqituvchilari ishtirokida mavjud ilmiy salohiyat tahlil qilinib, erishilgan yutuqlar eʼtirof etildi va, oʻz navbatida, ayrim kamchiliklar tanqidiy koʻrib chiqildi.

Prezident topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida fakultetda sunʼiy intellektni rivojlantirish maqsadida infratuzilmani yaratish, sunʼiy intellekt, fin-tex, kiberxavfsizlik, ІT-muhandislik, aerokosmik va bulutli texnologiyalar kabi yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlashni rivojlantirish va yangilarini ochish masalasi oʻrtaga tashlandi.

Dunyo universitetlari TOP-500 taligiga kirgan Xitoyning Shimoliy-gʻarbiy politexnika universiteti bilan imzolangan hamkorlik shartnomasi talablarini bajarish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tuzish lozimligi taʼkidlandi. Sohani rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy tadqiqotlar, qoʻshma taʼlim yoʻnalishlarini tashkil etish, oʻqituvchilar stajirovkasi, xorijiy mutaxassislarni jalb etish boʻyicha masʼullar belgilab olindi.