Universitet professor-oʻqituvchilari, yosh olimlar va doktorantlar uchun seminar-treninglar davom etmoqda.

Bugun ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Gʻulom Uzoqov “Davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida eʼlon qilinadigan loyihalar tanlovlarida ishtirok etish tartiblari” mavzusida maʼruza qildi.

Seminarning asosiy maqsadi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan eʼlon qilinadigan tanlovlarda loyihalar yutib olish, bunda yosh olimlarni koʻproq jalb etish, natijadorlikni oshirishdan iborat.

Treningda, asosan, universitetda ilmiy-innovatsion faoliyatni tashkil etishning huquqiy asoslari haqida tushuncha berildi. Fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarning farqli jihatlari, talablari va mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Maʼlumot oʻrnida: 2025-yilda universitetda 9,8 milliard soʻmlik 8 ta ilmiy loyiha bajarildi. Turli tanlovlarga umumiy mukofot miqdori 25 milliard soʻmlik 10 dan ortiq loyiha topshirilgan boʻlib, ulardan 4 tasi ayni damda moliyalashtirish bosqichida. Universitetda oʻz ilmiy maktabini yaratgan olimlar – Farmon Mamatov, Abbos Shodiyev va Qudratjon Zohirovning faoliyatlari yuqori baholandi.