HAYOTIY TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI

HAYOTIY TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI

HAYOTIY TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI

Bugun, 26-sentyabr kuni Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakultetida “Rahbar ayollar va yoshlar uchrashuvi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida Qarshi davlat texnika universiteti rektori Sherzod Neʼmatov soʻz olib, xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi munosib hissasi, olimalarning ilmiy izlanishlari haqida gapirdi.

 

Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nargiza Salomova, “Shahrisabz hunarmandlar klasteri“ MChJ rahbari Mahliyo Mannonova, viloyat bojxona boshqarmasi masʼul xodimi Dilnoza Arabova, “Xalq banki” Qashqadaryo mintaqaviy markazi boshligʻi oʻrinbosari Xurshida Karomova, universitet va fakultet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, talabalar ishtirok etdilar.

Dastlab Prezidentimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqining mazmun-mohiyati, dunyo hamjamiyati eʼtiboriga havola etilgan masalalar haqida so‘z bordi.

Tadbirda soʻz olganlar rahbarlik masʼuliyati, bilim va hunar egallashning mashaqqati haqida o‘z mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, banklar orqali xotin-qizlarning tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlar haqida maʼlumot berildi. Iqtidorli talabalar yutuqlari va unga erishish yo‘lidagi saʼy-harakatlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Shuningdek, tadbir davomida universitetda hunarmandchilik markazini ochish rejalashtirib olindi.

Davra suhbatiz qatnashchilari fakultetning yaqinda foydalanishga topshirilgan yangi oʻquv binosidagi laboratoriya xonalari va axborot texnologiyalari markazi bilan yaqindan tanishdilar.