Bugun Qarşi davlat texnika universiteti rektori Şerzod Neʼmatov boşçiligidagi bir guruh professor-öqituvçilar va talabalardan iborat delegatsiya Jizzax şahridagi “ADM Jizzakh” avtomobilsozlik korxonasiga taşrif buyurdi.

Dastlab zavodda amalga oşirilgan işlar, erişilgan natijalar hamda kelgusida amalga oşirilişi rejalaştirilgan vazifalar va istiqbolli loyihalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Söngra rektor Şerzod Ne'matov va “ADM Jizzakh” AJ boş direktori Najmiddin Şamşidinov tomonidan özaro manfaatli hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik memorandumi oliy taʼlim, ilm-fan va işlab çiqariş örtasidagi uzviy integratsiyani yangi sifat bosqiçiga olib çiqiş, taʼlim jarayonini real işlab çiqariş ehtiyojlari bilan uyğunlaştiriş hamda muhandislik sohasida zamonaviy bilim va amaliy kompetensiyalarga ega mutaxassislar tayyorlaşga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Memorandum doirasida dual taʼlim tizimini rivojlantiriş, talabalar uçun işlab çiqariş amaliyotlarini taşkil etiş, professor-öqituvçilarning ilğor texnologik jarayonlar bilan tanişişini taʼminlaş, şuningdek, korxonada mavjud işlab çiqariş va texnologik muammolarni ilmiy tadqiqot işlari asosida örganiş hamda ularning innovatsion yeçimlarini işlab çiqiş kabi ustuvor yönalişlarda hamkorlik qiliş belgilandi.

Taşrif davomida delegatsiya aʼzolari korxonada avtomobillarni yiğiş, butlovçi qismlarni montaj qiliş, texnologik nazorat hamda mahalliylaştiriş jarayonlari bilan yaqindan tanişdilar.