“Asardan iqtibos” tanlovining may oyi gʻoliblari aniqlandi!
Tanlovda nizom talablarini bajargan ishtirokchilarning iqtiboslari Telegram ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilindi.
Eng koʻp munosabat (“layk”) olgan ishtirokchi bu gal ham Transport va qurilish muhandisligi fakulteti talabasi Sevinch Jabborova boʻldi. Uning Doʻgʻan Jujeloʻgʻluning "Bormisan?" asaridan yuborilgan iqtiboslari 96 mingdan ortiq “layk” toʻpladi. Bu boradagi ikkinchi yuqori koʻrsatkichni Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabasi Farhod Xayrullayev qayd etdi – 40 mingdan oshiq “layk”.
Xullas, tanlov natijalariga koʻra, 3 nafar talaba gʻolib boʻldi va yana 3 nafari faol ishtirokchi, deya eʼtirof etildi.
Gʻoliblar bilan tanishing:
1-oʻrin: Zuhra Nafasova (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti) – 196 ball.
2-oʻrin: Nargiza Qobilova (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti) – 194 ball.
3-oʻrin: Guliza Husinova (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti) – 187 ball.
Shuningdek, eng faol ishtirokchilar:
— Asal Meyliqulova (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti) – 187 ball.
— Farhod Xayrullayev (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti) – 179 ball.
— Sevinch Jabborova (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti) – 174 ball.
Nizomga muvofiq, gʻoliblar quyidagi tartibda ragʻbatlantiriladi:
1-oʻrin: bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdorida (daromad soligʻi bilan birga hisoblaganda).
2-oʻrin: bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdorida (daromad soligʻi bilan birga hisoblaganda).
3-oʻrin: bazaviy stipendiya miqdorining 1 baravari miqdorida (daromad soligʻi bilan birga hisoblaganda).
Gʻolib va sovrindorlarni hamda faol ishtirokchilarni ushbu muvaffaqiyatlari bilan samimiy muborakbod etamiz!