“ASARDAN IQTIBOS” – ILK GʻOLIBLAR MAʼLUM

“ASARDAN IQTIBOS” – ILK GʻOLIBLAR MAʼLUM

“ASARDAN IQTIBOS” – ILK GʻOLIBLAR MAʼLUM

    Nihoyat, “Asardan iqtibos” tanlovining fevral oyi gʻoliblari aniqlandi!

    Tanlovda juda ko‘p talabalar ishtirok etdilar. Nizom talablarini bajargan ishtirokchilarning iqtiboslari Telegram, Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qilindi.

    Eng koʻp ishtirokchi Irrigatsiya muhandisligi fakulteti talabalari boʻldi – 10 nafar.

    Eng koʻp munosabat olgan ishtirokchi – Sadoqat Ziyodullayeva. Uning Usoma Muslimning “Binafsha shuʼlasi” asaridan keltirilgan iqtiboslar bir haftada 31.321 ta “layk” toʻpladi. Bu boradagi ikkinchi yuqori koʻrsatkich Samir Rahmonov tomonidan qayd etildi – 21.777 ta.

    Xullas, tanlovning ilk natijalariga koʻra, 3 nafar talaba gʻolib boʻldi va yana 3 nafari faol ishtirokchi, deya eʼtirof etildi. Eʼtiborli jihati, gʻoliblarning har uchalasi ham Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari boʻlishdi.

    Gʻoliblar bilan tanishing:

    1-oʻrin: Farangiz Boʻriyeva (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti) – 188 ball.

    2-oʻrin: Sadoqat Ziyodullayeva (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti) – 183 ball.

    3-oʻrin: Muxlisa Yaxshiyeva (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti) – 179 ball.

    Shuningdek, eng faol ishtirokchilar:

    - Samir Rahmonov (Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti) – 175 ball.

    - Yulduz Murodjonova (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti) – 174 ball.

    - Ogʻabek Rasulov (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti) – 171 ball.

    Nizomga muvofiq, gʻoliblar quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

    1-o‘rin: bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdorida.

    2-o‘rin: bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdorida.

    3-o‘rin: bazaviy stipendiya miqdorining 1 baravari miqdorida.

    Gʻolib va sovrindorlarni hamda faol ishtirokchilarni ushbu muvaffaqiyatlari bilan samimiy muborakbod etamiz!

    Tanlovimiz davom etadi!