Bugun Qarshi shahrida Yoshlar texnoparkining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev, viloyat oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Olim Mavlonov, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirni vazir Q.Sharipov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Bugungi kunda yoshlarda yaratuvchanlik koʻnikmalarini shakllantirish, muhandislik markazlari va oliygohlarining bu boradagi faolligini oshirish haqida soʻz yuritdi.
Qarshi yoshlar texnoparki bir vaqtning oʻzida 400 nafar yoshlarni qamrab olish imkoniyatiga ega. Bu yerda “Web-dasturlash”, “Robototexnika”, “3D modellashtirish”, Elektronika, Video montaj, Grafik dizayn, Аутоcад kabi 7 turdagi zamonaviy oʻquv kurslari tashkil etilgan..jpg)
Texnoparkda yosh ixtirochi olimlarning gʻoyalarini biznes-modelga aylantirish, biznes boshqaruvida koʻmaklashish hamda yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini oshirish maqsadida “Inno-X” biznes inkubator va akselerator dasturi yoʻlga qoʻyiladi. Bundan tashqari, geologiya, robototexnika, mexatronika, sunʼiy intellekt, qishloq xoʻjaligi, dasturlash va raqamlashtirish yoʻnalishlarida loyihalarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Tadbirda Nishon va Qarshi tumanlari hokimlarining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining hududda amalga oshirilgan loyihalar va istiqboldagi rejalar boʻyicha taqdimotlari oʻtkazildi. Taqdimotda viloyatdagi OTMlarda amalga oshiriladigan dissertatsiyalar, talabalarning bitiruv malakaviy ishlarining mavzulari mazkur hududlar muammolari asosida shakllantirilishi lozimligi qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilari Yoshlar texnoparkidagi shart-sharoitlar, toʻgaraklar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.