E’LON!!!
2026-yil 10-yanvar kuni soat 1400 da 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi boʼyicha PhD.03/30.09.2020.T.111.03 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarning yig‘ilishiga taklif etamiz.
Kun tartibi:
- Toshev Tajiddin Ungboyevichning 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Qayta tiklanuvchan energiya manbalarida ishlovchi elektr stansiyalari elementlarining tarkibini optimallashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi.
Dissertatsiya ishi Qarshi davlat texnika universitetida bajarilgan.
Ilmiy rahbar: t.f.d., prof. Gayibov Tulkin Shernazarovich
Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti
“Muqobil energiya manbalari” kafedrasi mudiri,
t.f.d., prof. Yuldoshev Isroil Abriyevich
Qarshi davlat texnika universiteti dotsenti,
t.f.f.d. Safarov Alisher Bekmurodovich
Ilmiy seminarni o‘tkazish joyi: Qarshi davlat texnika universiteti, binosi №1-239-xona.