MUZOKARA, MULOHAZA VA MUNOSABAT

MUZOKARA, MULOHAZA VA MUNOSABAT

MUZOKARA, MULOHAZA VA MUNOSABAT

    Qarshi davlat texnika universiteti bitiruvchilari Germaniyada ishlashlari uchun muhim qadamlar tashlandi.

    Bugun rektor Sherzod Neʼmatov va Germaniyadagi “Avestos” kompaniyasi rahbari Mixel Klaus tomonidan aynan shu masala yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.

    Tadbirda viloyat oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Olim Mavlonov, “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ rahbari Shuhrat Aslanov, prorektor Gʻulom Uzoqov va dekanlar ishtirok etdilar.

    Muzokaralar davomida Oʻzbekiston va Germaniyaning koʻplab yoʻnalishlar, jumladan taʼlim va bandlik sohasidagi hamkorligi alohida eʼtirof etildi. Shuningdek, universitetni tamomlagan yoshlarning Yevropada mehnat faoliyatini boshlashlari uchun tayyorgarlik bosqichlarini tizimli tashkil etish yuzasidan mulohazalar bildirildi. Tomonlarning bu boradagi takliflari muhokama qilindi.