📣 MAGISTR VA BAKALAVR TALABALARI DIQQATIGA!
✅ “ENG INNOVATSION GʻOYA” RESPUBLIKA KOʻRIK-TANLOVIGA HUJJATLAR QABUL QILISH BOSHLANDI
✳️ “Eng innovatsion gʻoya” respublika koʻrik-tanloviga qatnashish uchun Qarshi davlat texnika universiteti talabalari oʻrtasida saralash bosqichi boʻlib oʻtadi.
❗️ Tanlov yakunida munosib topilgan gʻoliblarga taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan umumiy miqdorda 100 million soʻm grant ajratiladi.
🔻 Tanlovning birinchi va respublika bosqichida innovatsion gʻoyalar quyidagi 100 ballik mezonlar asosida baholanadi:
- innovatsion gʻoyaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ball;
- innovatsion gʻoyaning dolzarbligi – 20 ball;
- mavjud analoglardan farqi – 20 ball;
- xarajatlar smetasining asoslangani – 20 ball;
- innovatsion gʻoyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ball.
🌐 Tanlovda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha hujjatlar topshiriladi:
- Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt
- Moliyaviy texnologiyalar
- Qishloq xoʻjaligi texnologiyalari
- Kiberxavfsizlik
- Sogʻliqni saqlash
- Farmatsevtika
- Mudofaa va xavfsizlik
- Energiya tejamkorlik
- Suv xoʻjaligi texnologiyalari
- Taʼlim va ilm-fan
📑 Tanlov uchun quyidagi hujjatlar 2026-yilning 10-oktabriga qadar qabul qilinadi:
- Obyektivka
- Pasport nusxasi
- Loyiha haqida maʼlumot va taqdimot slaydi.
- Maʼlumotnoma (qaysi fakultetda va yoʻnalishda oʻqishi haqida)
🏢 Manzil: Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasi 225-uy (Fab-lab binosi, masʼul Uygʻun Xolov, telefon raqami: 99 661-39-88).