Qarshi Davlat texnika universiteti

Qarshi davlat texnika universitetida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlarning muammo va takliflarini eshitish, ularning talab va ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, talabalar hayotidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.


Uchrashuv oldidan ishtirokchilarga yangi tashkil etilgan oliy o‘quv yurti faoliyati, talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Universitetda yoshlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlari, ijtimoiy hayotdagi faolligi va ularning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so’z bordi.


Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Xususan, ta’lim sifatini oshirish, dars jarayonlarini innovatsion texnologiyalar yordamida takomillashtirish, ilmiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, sport va madaniy tadbirlarni ko‘paytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Kutubxona fondini kengaytirish, qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish, yangi magistratura mutaxassisliklarini ochish kabi masalalar haqida savol va takliflar bildirildi.Mazkur uchrashuv talabalar va rahbarlar o‘rtasida samimiy muloqot muhitini yaratgan holda, kelgusidagi rejalarni belgilab olish uchun muhim minbar bo‘ldi

Universitet matbuot xizmati

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *