YOSHLAR SAYLI SHODIYONALARI

YOSHLAR SAYLI SHODIYONALARI

YOSHLAR SAYLI SHODIYONALARI

Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar bogʻi”da Qarshi davlat texnika universiteti jamoasi tomonidan “Milliy qadriyatlar sayli” tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir avvalida rektor Sherzod Nematov soʻz olib, barchani bayram bilan qutladi. Milliylik xalqimizning asrlar davomida shakllangan qadriyati, Yangi Oʻzbekiston uchun muhim poydevor ekanini alohida taʼkidladi.

Yoshlar saylida xalqimizning asrlar davomida shakllangan oʻziga xos va mos boʻlgan urf-odatlari, madaniyati, milliy oʻyinlari namoyish etildi. 

Sayilda universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari tomonidan tayyorlangan turli dasturlar barchaga manzur boʻldi. Ayniqsa, arqon tortish, tosh koʻtarish, kurash, baxshi termalari, laparlar, hunarmandchilik koʻrgazmalari sayil mehmonlariga oʻzgacha kayfiyat ulashdi.