YAPON TAJRIBASI VA YOSHLAR SALOHIYATI UYG‘UNLIGI

YAPON TAJRIBASI VA YOSHLAR SALOHIYATI UYG‘UNLIGI

YAPON TAJRIBASI VA YOSHLAR SALOHIYATI UYG‘UNLIGI

    Qarshi davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining maslahatchisi Sakurai Akihiro ishtirokida talabalar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

    Vazir maslahatchisi dastlab universitet rektori Sherzod Ne’matov bilan uchrashdi. Uchrashuvda oliygohdagi ta’lim yo‘nalishlari, raqamli texnologiyalar rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida so‘z bordi.

    Yoshlar bilan muloqot davomida talabalar Yaponiyadagi axborot texnologiyalari, startaplar ekotizimi va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari borasida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

    Sakurai Akihiro yoshlarning bilimga chanqoqligi va texnologiyalarga boʻlgan qiziqishidan mamnun ekanini bildirib, ularga muhim tavsiyalar berdi.