YANGI MARKAZ – YANGI IMKONIYATLAR

YANGI MARKAZ – YANGI IMKONIYATLAR

YANGI MARKAZ – YANGI IMKONIYATLAR

    Bugun Qarshi davlat texnika universitetida “Muhandislik ilmiy-ishlab chiqarish markazi” (фаб-лаб) binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Image

    Ochilish marosimida markazda yaratilgan innovatsion ishlanmalar, jumladan, robotlar, dronlar, yangi avlod mashinasi, quyosh panellarini tozalash qurilmasi va qishloq xoʻjaligi texnikalari namoyish qilindi.

    Image

    Markazning maqsadi yosh olimlar va talabalarning muhandislik-texnika yoʻnalishlaridagi innovatsion gʻoya va ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish, ularning tajriba nusxalarini tayyorlash hamda taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

    Image

    Hozirda markazda 6 ta sex va 4 ta laboratoriya faoliyat yuritmoqda. 148 nafar talaba ish bilan taʼminlangan va ilmiy-innovatsion faoliyatga jalb qilingan. Shuningdek, bu yerda 30 ga yaqin xizmat turi va 20 dan ortiq mahsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Talabalar va mahallalar yoshlari uchun 20 dan ortiq kasb-hunarga oʻrgatish kurslari tashkil etilgan.

    Image

    Markazning ishga tushirilishi Qarshi davlat texnika universitetida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda, innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va hudud iqtisodiyoti uchun zarur zamonaviy muhandis kadrlar tayyorlashda muhim qadam boʻldi.