SOVRINLAR QOʻSHA-QOʻSHA...

SOVRINLAR QOʻSHA-QOʻSHA...

SOVRINLAR QOʻSHA-QOʻSHA...

    Bu yilgi “Talabalar ligasi” musobaqasi har doimgidek shiddatli, qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy boʻldi.

    Image

    Musobaqalar, asosan, sportning stol tennisi, badminton, mini futbol, kurash, basketbol, shaxmat, yengil atletika, gandbol, voleybol turlari boʻyicha boʻlib oʻtdi. 15 ta medallar jamlanmasi oʻz egalariga yetib bordi.

    Image

    Demak, statistikalarga oʻtamiz.

    Eng koʻp medallar Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari tomonidan jamgʻarildi – 14 ta. 3 ta “oltin”, 5 ta “kumush” va 6 ta “bronza”. Ochkolar boʻyicha ham ular yetakchi boʻlishdi (1-oʻrin uchun 3, 2-oʻringa 2 va 3-oʻrin uchun 1 ball berdik) – 25 ball.

     Image

    Jamoaviy medallar jamgʻarishda 2-oʻrin Irrigatsiya muhandisligi fakultetiga nasib qildi – 10 ta (3 – 3 – 4), 19 ball.

    Eng koʻp 1-oʻrin Transport va qurilish muhandisligi fakulteti talabalari tomonidan qoʻlga kiritildi – 4 ta.

    Image

    “Bir sport turida eng koʻp medal” nominatsiyasi gʻolibi Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti shaxmatchi talabalari boʻldi. Yigitlar va qizlar oʻrtasidagi turnirda 6 oʻrindan 5 tasini (!) egallab, oʻziga xos rekord oʻrnatishdi.

    Eng kam medal egasi Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakulteti talabalari boʻlishdi – 2 ta.

    Image

    Xoʻsh, rektor kubogiga eng koʻp sazovor boʻlgan fakultet qaysi?

    “Talabalar ligasi” musobaqalarida jamoalarga 12 ta kubok topshirildi. Irrigatsiya muhandisligi hamda Transport va qurilish muhandisligi fakultetlari talabalari 3 tadan kubokni qoʻlga kiritishdi.

   Ushbu ikki fakultetning medallari soni oʻzaro taqqoslanganda, Irrigatsiya muhandisligi fakulteti jamoasi “Rektor kubogi” musobaqalarining gʻolibi boʻldi.

    Image

    Iqtisodiyot va boshqaruv hamda Neft-gaz va geologiya fakultetlari hisobida 2 tadan kubok bor. Energiya muhandisligi hamda Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakultetlari 1 tadan kubokka sazovor boʻldilar.

    Image

    Albatta, “Talabalar ligasi”ning nufuzi kuboklar soni va medallar salmogʻi bilan hisoblanmaydi. U yoshlarni sportga qiziqtirishi, sogʻlom turmush tarzini targʻib  qilishi, talabalar oʻrtasida hamjihatlikni kuchaytirishi bilan ahamiyatlidir.