SARHISOB VA REJALAR

SARHISOB VA REJALAR

SARHISOB VA REJALAR

    Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti faollar zalida universitet faoliyatiga doir muhim masalalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Uni rektor Sherzod Neʼmatov olib bordi.

    Tadbirda rektor maslahatchisi Nasim Joʻrayev tomonidan tyutorlarning amalga oshirayotgan ishlarini tahlil qilindi. Tegishli tavsiyalar berdi, mulohazalarini bildirdi.

    Yigʻilish davomida odob-axloq kodeksiga amal qilinishi, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish omillari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi, talabalar bandligi kabi masalalar haqida atroflicha soʻz yuritildi.

    Shuningdek, tyutor Xurshid Sherboboyev talabalar bilan ishlash borasidagi ishlarni tizimlashtirish va raqamlashtirishga moʻljallangan yangi “Tyutor boshqaruv paneli” dasturini namoyish etdi.