RESPUBLIKA BOSQIÇI YÖLLANMASI – ÖZIMIZNIKI!

RESPUBLIKA BOSQIÇI YÖLLANMASI – ÖZIMIZNIKI!

RESPUBLIKA BOSQIÇI YÖLLANMASI – ÖZIMIZNIKI!

    Universitetimizning mini futbol böyiça jamoasi “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi!

    Qarşi davlat universitetida bölib ötgan viloyat bosqiçida vohamizdagi 8 ta oliy taʼlim muassasasining futbol jamoalari iştirok etdi.

    Image

    Futbolçilarimiz finalga qadar Qarşi xalqaro universiteti jamoasini 3:0, yarim finalda Şahrisabz davlat pedagogika instituti jamoasini 4:1 hisobida mağlub etdilar.

    Image

    Bu ğalabalar talabalarimizga finalda ham ğolibona öyin körsatişlari uçun motivatsiya berdi. Hal qiluvçi bahsda Axborot texnologiyalari va menejment universiteti jamoasiga qarşi maydonga tuşgan futbolçilarimiz 3:2 hisobida zafar quçdilar.

    Image

    Viloyat bosqiçini muvaffaqiyatli yakunlagan futbolçilarimiz endi “Beş taşabbus olimpiadasi” sport öyinlarining respublika bosqiçida vohamiz şarafini himoya qiladilar.

    Image

    Futbolçi talabalarimiz va ularning ustozlarini samimiy muborakbod etamiz hamda keyingi turnirlarda ham omad yor bölişini tilaymiz!