Qarshi davlat texnika universiteti 2026-yil uchun tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) ga o‘qish uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha hujjatlar qabul qilinishini ma’lum qiladi
|
T/r |
Ixtisoslik shifri va nomi |
Qabul kvotalari |
||
|
Tayanch doktorantura (PhD) |
Doktorantura (DSc) |
|
||
|
1 |
02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi |
4 |
- |
|
|
2 |
02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi |
2 |
- |
|
|
3 |
04.00.13 – Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish |
3 |
- |
|
|
4 |
05.05.04 – Sanoat issiqlik energetikasi |
3 |
- |
|
|
5 |
05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari |
2 |
- |
|
|
6 |
05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash |
4 |
- |
|
|
7 |
05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi |
3 |
- |
|
|
8 |
06.01.02 - Melioratsiya va sugʻorma dehqonchilik |
4 |
- |
|
|
9 |
06.01.08 – O‘simlikshunoslik |
4 |
1 |
|
|
10 |
08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti |
2 |
- |
|
|
11 |
08.00.06 - Ekonometrika va statistika |
2 |
- |
|
|
12 |
08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot |
2 |
- |
|
|
13 |
11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish |
1 |
- |
|
|
14 |
02.00.17 - Qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyasi va biotexnologiyasi |
1 |
- |
|
|
15 |
05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi |
1 |
- |
|
|
Jami: |
38 |
1 |
|
|
Tayanch doktorantura (PhD)da o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
- Qisqacha biografik maʼlumot.
- Elektron tizim orqali integratsiya qilinmagan taqdirda - oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi.
- Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
- Xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat.
Doktorantura (DSc)da o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni
taqdim etishlari kerak:
- Qisqacha biografik ma’lumotnoma.
- Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
- Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi.
- Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
- Xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat nusxasi.
Tayanch doktorantura (PhD)da o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.
Doktorantura (DSc)da o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.
Hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan 2025-yil 15-sentabrdan 2025-yil 15-oktabrga qadar Yagona elektron tizim www.daraja.ilmiy.uz orqali qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: (75) 224-02-89, (75) 221-09-23.
Manzil: Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasi 225-uy, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi.