“Maydon tekis, toʻp yumaloq”. Shuning uchun ham futbolda gʻalaba kuchlilarga, taktik oʻyin namoyish qila oladigan, bir butun boʻlib jipslasha oladigan jamoalarga nasib qiladi.


Bu galgi turnir – Qarshi davlat texnika universiteti talabalari oʻrtasida futbol boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi ham shunday ruhda oʻtdi.


Katta maydondagi katta futbol katta maqsadlar ila jamlangan jamoalar uchun oʻziga xos bellashuv nuqtasi boʻldi. Shundanmi, har bir uchrashuv shiddatli hujumlar va ajoyib driblinglar bilan kechdi.


Xullas, gʻoliblik maydon egalari – Neft-gaz va geologiya fakulteti jamoasiga nasib qildi. Ular bosh sovrin, yaʼni rektor kubogi va 4 million soʻm miqdoridagi pul mukofotiga sazovor boʻldilar.


Irrigatsiya muhandisligi hamda Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakultetlari jamoalari ham mos ravishda 3 va 2 million soʻm miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
