Ma’naviyat va ma’rifat kengashi: MASALA, MUHOKAMA VA MUNOSABAT

Ma’naviyat va ma’rifat kengashi:  MASALA, MUHOKAMA VA MUNOSABAT

Ma’naviyat va ma’rifat kengashi: MASALA, MUHOKAMA VA MUNOSABAT

    Qarshi davlat texnika universitetida Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Image

    Tadbirda universitetda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilindi.

    

    Hazrat Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar berildi. “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini ko‘tarinki ruhda va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha mulohazalar bildirildi.

    Image

    Yig‘ilish davomida universitetda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar tahlil qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

    Image

    Fevralda yurtimizda Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan talabalar orasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etish belgilandi.

    Image

    Yig‘ilishda talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida yashayotgan yoshlar holidan xabar olish, ayniqsa kuz-qish mavsumida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha tushuntirish ishlarini izchil davom ettirish lozimligi ta’kidlandi.

Image