Bugun, 16-dekabr kuni universitet rektori Sherzod Neʼmatov va Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi rahbari Bahodir Saʼdullayev ishtirokida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur bitimda intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish hamda uning natijalaridan foydalanish masalalari boʻyicha bilimlarni ommalashtirish, ixtirolar va foydali modellar uchun talabnomalarning patent sofligini oshirish, ixtirochilik borasidagi faoliyatni ragʻbatlantirish kabi masalalar oʻz ifodasini topgan.

Tadbir doirasida masʼullar tomonidan “Patent-axborot qidiruviga oid tavsiyalar” mavzusida seminar tashkil etildi.

Prorektor Gʻulom Uzoqov, boʻlim boshliqlari va yosh olimlar ishtirokida oʻtkazilgan mazkur seminarda Innovatsiya va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazi faoliyatini kuchaytirish, ilmiy ishlanmalarni patentlashtirish, ilmiy ixtiro va foydali modellarga patent olish, patent-axborot tizimi haqida keng tushuncha berildi. Savol-javoblar boʻlib oʻtdi.