“ENG INNOVATSION GʻOYA”: HUJJATLAR QABUL QILISH BOSHLANDI

“ENG INNOVATSION GʻOYA”: HUJJATLAR QABUL QILISH BOSHLANDI

“ENG INNOVATSION GʻOYA”: HUJJATLAR QABUL QILISH BOSHLANDI

    📣 MAGISTR VA BAKALAVR TALABALARI DIQQATIGA!

    ✅ “ENG INNOVATSION GʻOYA” RESPUBLIKA KOʻRIK-TANLOVIGA HUJJATLAR QABUL QILISH BOSHLANDI

    ✳️ “Eng innovatsion gʻoya” respublika koʻrik-tanloviga qatnashish uchun Qarshi davlat texnika universiteti talabalari oʻrtasida saralash bosqichi boʻlib oʻtadi.

    ❗️ Tanlov yakunida munosib topilgan gʻoliblarga taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan umumiy miqdorda 100 million soʻm grant ajratiladi.

    🔻 Tanlovning birinchi va respublika bosqichida innovatsion gʻoyalar quyidagi 100 ballik mezonlar asosida baholanadi:

  • innovatsion gʻoyaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ball;
  • innovatsion gʻoyaning dolzarbligi – 20 ball;
  • mavjud analoglardan farqi – 20 ball;
  • xarajatlar smetasining asoslangani – 20 ball;
  • innovatsion gʻoyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ball.

    🌐 Tanlovda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha hujjatlar topshiriladi:

  1. Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt
  2. Moliyaviy texnologiyalar
  3. Qishloq xoʻjaligi texnologiyalari
  4. Kiberxavfsizlik
  5. Sogʻliqni saqlash
  6. Farmatsevtika
  7. Mudofaa va xavfsizlik
  8. Energiya tejamkorlik
  9. Suv xoʻjaligi texnologiyalari
  10. Taʼlim va ilm-fan

    📑 Tanlov uchun quyidagi hujjatlar 2026-yilning 10-oktabriga qadar qabul qilinadi:

  1. Obyektivka
  2. Pasport nusxasi
  3. Loyiha haqida maʼlumot va taqdimot slaydi.
  4. Maʼlumotnoma (qaysi fakultetda va yoʻnalishda oʻqishi haqida)

    🏢 Manzil: Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasi 225-uy (Fab-lab binosi, masʼul Uygʻun Xolov, telefon raqami: 99 661-39-88).