“Qishloq va suv xo‘jaligida innovatsion texnika va masofadan boshqarish texnologiyalarini qoʻllash” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

“Qishloq va suv xo‘jaligida innovatsion texnika va masofadan boshqarish texnologiyalarini qoʻllash” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

“Qishloq va suv xo‘jaligida innovatsion texnika va masofadan boshqarish texnologiyalarini qoʻllash” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

AXBOROT XATI

 

Qarshi davlat texnika universitetida 2025-yil 24-25-oktabr kunlari “Qishloq va suv xo‘jaligida innovatsion texnika va masofadan boshqarish texnologiyalarini qoʻllash” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Anjumanda oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar, iqtidorli talabalar, qishloq va suv xoʻjaligi sohasi olimlari hamda mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.

Ilmiy-amaliy anjumanda  quyidagi masalalar muhokama
qilish nazarda tutilgan:

1-sho‘ba. Qishloq xoʻjaligida innovatsion texnika va masofadan boshqarish texnologiyalarini qo‘llash istiqbollari.

2-shoʻba. Suv xoʻjaligi obektlarida innovatsion texnika va suvtejamkor texnologiyalarni joriy etishning dolzarb muammolari.  

3-shoʻba. Transport vositalaridan foydalanishning innovatsion texnika va texnologiyalari.

4-shoʻba. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda innovatsion resurstejamkor agrotexnologiyalarni joriy etish.

5-shoʻba. Ta’limda innovatsion yondashuv va zamonaviy о‘qitishda ta’lim samaradorligini oshirish tendensiyalari

 

* Maqola, tezis materiallari o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi;

* Yuborilgan maqola, tezislar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va tahrirdan o‘tmagan, talablar bo‘yicha tayyorlanmagan maqolalar nashr etilmaydi;

* Maqoladagi ma’lumotlar, faktlar va statistik ma’lumotlarning to‘g‘riligiga mualliflar mas’uldirlar.

 

Taqdim etilayotgan maqola va tezislarga qo‘yiladigan talablar:

 

  1. Maqola va tezis materiallari o‘zbek (lotin alifbosida), qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi;
  2. Yuborilgan maqola, tezislar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va tahrirdan o‘tmagan, talablar bo‘yicha bajarilmagan maqolalar nashr etilmaydi;
  3. Maqola va tezisdagi ma’lumotlar, dalillar va statistik ma’lumotlarning to‘g‘riligiga mualliflar mas’uldirlar;
  4. Maqola va tezisda adabiyot manbalari aniq ko‘rsatilishi, qisqartma so‘zlarga izoh berilishi, jadval (chizma yoki rasm)lar manbalari aniq ko‘rsatilishi lozim.
  5. Maqola va tezislar Microsoft Word muharririda, Times New Roman shriftida, 12 o‘lchamida, 1,15 intervalda (chapdan 3,0 sm, yuqori va pastdan
    2,0 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm) bo‘lishi va 5 bet hajmdan oshmasligi lozim;
  6. Maqola va tezisning birinchi qatorida maqolaning nomi (bosh harflar bilan yoziladi), ikkinchi qatorda muallifning familiyasi, ismi va sharifi, uchinchi qatorida muallifning ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va elektron manzili ko‘rsatiladi.
  7. Keyingi satrda annotatsiya va kalit so‘zlar bo‘lishi lozim.
  8. Ilmiy maqola va tezislar tuzilishi jihatidan quyidagi tartibda yozilgan bo‘lishi lozim: kirish, masalaning qо‘yilishi va tadqiqot usuli, tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar.

Maqola va tezislarni 2025-yilning 12-oktabr sanasiga qadar elektron shaklda yuborishingiz so‘raladi.

Anjuman oflayn va onlayn (ZOOM platformasi orqali) shaklda o‘tkaziladi.

 

Belgilangan talablarga javob bermaydigan va ko‘rsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar to‘plamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Anjuman materiallari to‘plami mualliflarning elektron manziliga yuboriladi.

 

Tashkiliy qo‘mita

 

 

TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 225-uy

 

BOG‘LANISH TELEFONLARI:

 

+ 998 94 3324200 N.SH.Rashidov

+ 998 95 8078686 S.M.Badalov

+ 998 97 5409161 A.E.Eshdavlatov

+ 998 88 4818887 A.A.Suyunov

+ 998 91 5601547 D.N.Choriyeva

 

e-mail:

aeshdavlatov91@umail.uz

nurbekrashidov91@mail.ru

 

Telegram:

 

1-sho‘ba - @Nurbekoo1

2-sho‘ba - @sunatullo86

3-sho‘ba – @AkmalEshdavlatov1991

4-sho‘ba - @alishersuyunov1987

5-sho‘ba - @CHD1984

 

+ 998 95 8078686

+ 998 97 5409161

 

Anjumanga qabul qilingan maqola va tezislar uchun mablag‘ talab etilmaydi