KENGASH YIGʻILISHI: SARHISOB VA ISTIQBOLDAGI REJALAR

KENGASH YIGʻILISHI: SARHISOB VA ISTIQBOLDAGI REJALAR

KENGASH YIGʻILISHI: SARHISOB VA ISTIQBOLDAGI REJALAR

    Qarshi davlat texnika universiteti kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda yosh olimlar ishtirok etdilar.

    Image

    Yigʻilish kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar yuzasidan masʼullar tomonidan axborot va tahliliy maʼlumotlar taqdim etildi.

    Image

    Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari hamda hayʼat qarorlari ijrosi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarida koʻtarilgan masalalar, shuningdek universitet kyengashi qarorlari bajarilishining tahlili koʻrib chiqildi. Ijro intizomini yanada mustahkamlash, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish boʻyicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

    Image

    Kengash yigʻilishida 2024/2025-oʻquv yili bitiruvchilarini ishga joylashtirish natijalari va 2025/2026-oʻquv yilida talabalar bandligini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

    Image

    Universitet “Nuriston” akademik litseyining faoliyati, oʻquv-tarbiya jarayoni, taʼlim sifati hamda kelgusi istiqbolli rejalari muhokama qilindi. Akademik litseyda iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash, ularni oliy taʼlimga maqsadli tayyorlash va zamonaviy taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

    Image

    Yigʻilishda universitetda malakaviy va bitiruv oldi amaliyotlarini tashkil etish holati tahlil qilindi. Amaliyotlarni ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiya asosida tashkil etish, talabalarning amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash va sohaviy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha takliflar bildirildi.

    Image

    Kun tartibi doirasida professor-oʻqituvchilarni ilmiy unvonga tavsiya etish, ijodiy taʼtil berish hamda 2026-yil III choragi uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish boʻyicha suhbat natijalarini tasdiqlash masalalari koʻrib chiqildi.

    Image

    Shu bilan birga, universitetda tayyorlangan oʻquv adabiyotlarini tasdiqlash yuzasidan ham qarorlar qabul qilindi. Taʼlim jarayonini sifatli oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash muhim vazifalardan biri ekani taʼkidlandi.

    Image

    Yigʻilish yakunida muhokama qilingan masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinib, masʼullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

    Image

    Anʼanaga koʻra, kengash yigʻilishida ilmiy unvon va daraja olgan professor-oʻqituvchilarga diplomlar topshirildi.