
Joriy yilning 12-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamovning xizmat safari Qarshi davlat texnika universitetida bo’lib o’tdi. Yosh olimlarining ilmiy tadqiqot ishlari taqdimoti oʻtkazilib, ularni hayotga tatbiq etish yuzasidan muhim tavsiyalar va koʻrsatmalar berildi.

Universitet rektori Z.Muqimov mehmonlarni “Muqobil energiya manbalari” oʻquv-ilmiy poligonida amalga oshirilayotgan ilmiy ixtirolar, tadqiqotlar bilan yaqindan tanishtirdi. Bu kabi ilmiy yutuqlar targʻibotini izchil yoʻlga qoʻyish, aholi oʻrtasida keng targʻib qilish haqida oʻz mulohazalarini bildirdi.

Respublikamizda tabiiy resurslarni tejash va muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan oliygohimiz olimlari muqobil energiya manbalaridan foydalanish bo’yicha yangi, innovatsion usullarni qo’llashmoqda.

Xususan, qora mol chiqindisidan biogaz va biogumus olish bo’yicha Sh.J.Imomov rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan yosh olim O.Yuliyev vazir o’rinbosari va universitet rahbaryatiga taqdimot qildi.Jarayonda tadqiqot ishlari qo’llab-quvvatlandi va kerakli ko’rsatmalar berildi.