
2025-yil 4-fevral kuni Malayziya-O‘zbekiston ta’lim forumida

Qarshi davlat texnika universiteti rahbariyatidan Z.Muqimov va R.Eshonqulovlar dunyoning TOP-160 o‘rinni egallagan Sulton Idris Ta’lim Universiteti olimlari bilan muzokaralar olib borishdi.

Muhandislik hamda texnika sohalarida professor-o‘qituvchilar hamda magistrant talabalar malaka oshiruvi kelishib olindi. Ushbu universitetda o’qiyotgan O‘zbekistonlik talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.